Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
19¹-MODDA. DEPUTAT TASHABBUSI

Oltinsoy tumani “Jiyanbobo” mahallasi aholisi tomonidan mavjud elektr ustunlarini zamonaviy beton ustunlarga almashtirish yuzasidan murojaatlar kelib tushgan.

🔍 Mazkur murojaatlarni o‘rganish va mavjud muammoga amaliy yechim topish maqsadida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 11-“Guliston” saylov okrugidan saylangan deputat Mamatmuratov Azamat Karamatovich hududga chiqib, mavjud holatni joyiga borgan holda o‘rgandi.

📋 O‘rganish yakunlari asosida deputat tomonidan
“Jiyanbobo” mahallasidagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq mazkur masala Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida deputatlik tashabbusi sifatida ko‘tarildi.

🏛 Deputat tashabbusi sessiya kun tartibiga kiritilib, masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi hamda belgilangan tartibda zarur mablag‘lar ajratildi.

⚡️ Ajratilgan mablag‘lar hisobidan mahalladagi mavjud elektr ustunlarini zamonaviy beton ustunlarga almashtirish maqsadida yangi beton ustunlar xarid qilinib, hududga yetkazib berildi.

🤝 Mazkur amaliy ishlar aholining murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni deputatlik tashabbusi orqali tegishli tartibda hal etish hamda fuqarolarga qulay va xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan.

Deputat tashabbusi — aholi murojaatidan amaliy natijagacha.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 4