35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Mahallaga kelib tushayotgan murojaatlar ijrosi tahlil qilindi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 17-Yangi hayot saylov okrugi deputati M. Sadatov tomonidan saylov okrugi hududidagi mahallaga fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar hamda ularning ijrosi yuzasidan tahliliy o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaatlarning mazmuni, ularni tegishli tashkilot va mas’ullarga yo‘naltirish holati, shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning o‘z vaqtida va sifatli hal etilayotgani ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, murojaatlar ijrosini ta’minlashda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, fuqarolarning murojaatlariga befarq bo‘lmaslik hamda har bir masalani amaliy yechimga yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Choriyeva ham ishtirok etdi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, murojaatlar ijrosini nazoratga olish belgilandi.

Slide 1 of 1