”Mirzo Ulug‘bek” mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya tadbiri tashkil etildi.
🛍Tadbir doirasida Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi Raisi, deputati Yusupov Rashan Abilovich tomonidan ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
💙Mazkur ezgu tashabbus orqali oilalarga amaliy yordam ko‘rsatilib, ularning holidan xabar olindi. Bunday ko‘maklar aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, mehr-oqibat va insonparvarlik tamoyillarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
🇺🇿Aholini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘maklashish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Bizni kuzatishda davom eting!