O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Tarixning noma’lum sahifalari” ko‘p jildlik to‘plamining XIII jildi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
✔️Tadbirda Yunusobod tumani Xalq deputatlari Kengashi deputati, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, professor Baxtiyor Xasanov ishtirok etdi.
📝Taqdimot davomida qatag‘on qurbonlari tarixini chuqur o‘rganish, yangi arxiv manbalarini aniqlash, tarixiy manbalarni tizimlashtirish, muzey fondlarini boyitish hamda ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Shuningdek, tarixning hali o‘rganilmagan sahifalarini keng yoritish, yosh avlodga tarixiy haqiqatni yetkazish va tarixiy xotirani asrash borasidagi istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi.
🇺🇿Yunusobod tumani Xalq deputatlari Kengashi deputati Baxtiyor Xasanovning ilmiy va jamoatchilik faoliyati doirasida tarixiy xotirani asrash, qatag‘on qurbonlari hayoti va taqdirini chuqur o‘rganish hamda ushbu yo‘nalishdagi ilmiy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.