O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputatlariga “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
🏅Mazkur yuksak e’tirof deputatlarning xalq bilan yaqindan ishlash, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, hududlarda mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning amaliy yechimini topishga ko‘maklashish borasidagi samarali faoliyatiga berilgan munosib bahodir.
✅Ayniqsa, aholi bilan ochiq muloqot olib borish, saylovchilar manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy masalalarga e’tibor qaratish va hududlar rivojiga munosib hissa qo‘shish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🇺🇿Ushbu e’tirof deputatlarimiz uchun nafaqat faxr, balki xalq ishonchini yanada oqlash, mas’uliyat bilan ishlash va yangi marralar sari intilish uchun katta rag‘batdir.
🇺🇿Mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘ qadriyati, uning har bir yutug‘i esa barchamiz uchun faxr va iftixordir!
Bizni kuzatishda davom eting!