🔹 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining “18-Qirg‘iz” saylov okrugi deputati Avazbek Raxmonov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh
mutaxassisi Soxibjon Nabiyev tomonidan “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi ijrosi doirasida tumandagi 40-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida
o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹 O‘rganish davomida yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, sinf xonalari va maktab hududining obodonlashtirilishi, toza ichimlik suvi
hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida issiqlik ta’minoti, sanitariya-gigiyena talablari asosida yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan
kechirildi. Shuningdek ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish, mavjud infratuzilmani yanada yaxshilash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Deputatlik nazorati doirasida mazkur masalalar ijrosi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.
👇Bizni kuzatishda davom eting👇