Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Murzametova Marina tomonidan fuqarolarning murojaatlari yuzasidan navbatdagi qabul o‘tkazildi.
👥Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy, kommunal va boshqa masalalar bo‘yicha bildirilgan murojaat va takliflar tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan masalani atroflicha o‘rganish, qonunchilik doirasida hal etish hamda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
🤝Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning ijrosi mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda nazoratga olinib, ularning ijobiy yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi — fuqarolar murojaatlari va manfaatlarini doimo e’tibor markazida tutadi.
Bizni kuzatishda davom eting!