35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TABIATNI MUHOFAZA QILISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
янв.21
EKOLOGIK BARQARORLIK — PARLAMENT E’TIBORIDA
янв.21
DEPUTATLIK TASHRIFI — “UVAYSIY” MAHALLASIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
519-SONLI “NIHOL” DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
«BILLUR» MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI 👇👇👇
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
POSIRA MAHALLASIDA QURUQ DARAXT VA SHOXLARNI BARTARAF ETISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
“TURKISTON” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining asosiy maqsadi nima?
янв.21
“AXILOBOD” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA 👇👇👇
#komissiya faoliyati #tashkilot nazorati

Xalq vakilining o‘rganishi shunchaki hisobot uchun emas, xalq manfaatini bevosita joyida ko‘rish uchun!
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlar, qurilish va kommunal soha masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari o‘zlariga biriktirilgan hududiy tashkilotlar faoliyatini doimiy tahlil qilib bormoqda.
Shu reja va mas’uliyat asosida komissiya a’zosi Alisher Samadov shahar Davlat xizmatlari markazi (DXM) faoliyatini bevosita joyiga chiqqan holda kompleks o‘rgandi.


⚡️ Markazda xizmatlar to‘liq elektron va onlayn tizimga o‘tkazilgani sababli, avvalgidek soatlab kutish, ovora bo‘lish holatlari butunlay bartaraf etilgan.
🪪 Deputat aynan fuqarolik pasporti/ID-karta olayotgan fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonini yaqindan kuzatdi. Har bir jarayon shaffof, raqamli va sananoqli daqiqalar ichida amalga oshirilmoqda.
👥 Markazga tashrif buyurgan fuqarolar yaratilgan qulayliklar va tezkorlikdan mamnun ekanliklarini bildirishdi.
💡 Markaz rahbari o‘rinbosari bilan muloqotda ta’kidlanganidek, bugungi kunda xodimlarning fuqarolar bilan ishlash madaniyati va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasi davr talablariga to‘liq javob beradi.
💬 Deputat mulohazasi: "Biz uchun eng muhim ko‘rsatkich — fuqaroning kayfiyati. Markazdan chiqqan har bir fuqaroning yuzida rozilik va vaqti tejagani uchun mamnunlikni ko‘rish — islohotlarning amaldagi natijasidir."

✍️O‘rganish yakunlari bo‘yicha shahar Davlat xizmatlari markazi faoliyati doimiy komissiya a’zosi tomonidan yaxshi baholandi hamda tegishli ma’lumot va takliflar Kengash komissiyasiga taqdim etildi.

Xalq manfaatini himoya qilish va davlat xizmatlari sifatini oshirish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom etadi!

Slide 1 of 5