35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TABIATNI MUHOFAZA QILISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
янв.21
EKOLOGIK BARQARORLIK — PARLAMENT E’TIBORIDA
янв.21
DEPUTATLIK TASHRIFI — “UVAYSIY” MAHALLASIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
519-SONLI “NIHOL” DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
«BILLUR» MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI 👇👇👇
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
POSIRA MAHALLASIDA QURUQ DARAXT VA SHOXLARNI BARTARAF ETISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
“TURKISTON” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI
янв.21
“AXILOBOD” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA 👇👇👇
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining asosiy maqsadi nima?
“OBODONLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA YUNUSOBOD TUMANIDA O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA

#Deputatlik_nazorati #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “OBODONLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA YUNUSOBOD TUMANIDA O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi, senator Rustamxon Kalanov boshchiligida “Obodonlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida Yunusobod tumanidagi “Billur” mahallasida hududni ko‘zdan kechirish va amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisining 2025-yil 29-apreldagi 18-14-0-F/25-son farmoyishiga asosan, kotibiyatdan biriktirilgan Toshkent shahar Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi S.Irgashev, Yunusobod tumani Kengashi deputatlari, “mahalla yettiligi” a’zolari, mahalla raislari hamda nuroniylar ishtirok etdi.

🔺 O‘rganish davomida mahalla hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati joyida ko‘zdan kechirildi. Xususan, ichki ko‘chalar va jamoat joylarining ozodaligi, ko‘p qavatli uylar va ularga tutash hududlarning sanitariya holati, yashil maydonlarni saqlash va parvarishlash, tungi yoritish tizimi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda aholi uchun yaratilgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

🌳 Hududning obodligi va sanitariya holatini yanada yaxshilash, mavjud yashil maydonlarni asrab-avaylash, aholi foydalanadigan umumiy hududlarni tartibga keltirish hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi.

🤝 Shuningdek, senator Rustamxon Kalanov “Billur” mahallasi yettiligi a’zolari bilan yuzma-yuz suhbatlashib, ularning o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari, mavjud muammolar va erishilgan natijalar bilan tanishdi.

📝 Muloqot davomida yoshlar yetakchisi faoliyati va yoshlar bandligi, hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlar faoli hamda ijtimoiy xodimning ehtiyojmand oilalar bilan ishlashi, fuqarolarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🗣 Mahalla aholisi va nuroniylar bilan ham muloqot qilinib, hududdagi obodonlashtirish, kommunal xizmatlar, infratuzilma va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ularning fikr hamda takliflari tinglandi. Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda manzilli hal etish, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatida aniq natijadorlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

📉 “Obodonlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi o‘rganishlar Yunusobod tumanining boshqa mahallalarida ham davom etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10