35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TABIATNI MUHOFAZA QILISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
янв.21
EKOLOGIK BARQARORLIK — PARLAMENT E’TIBORIDA
янв.21
DEPUTATLIK TASHRIFI — “UVAYSIY” MAHALLASIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
519-SONLI “NIHOL” DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
«BILLUR» MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI 👇👇👇
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
POSIRA MAHALLASIDA QURUQ DARAXT VA SHOXLARNI BARTARAF ETISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
“TURKISTON” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining asosiy maqsadi nima?
янв.21
“AXILOBOD” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA 👇👇👇
Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari, hisobot beruvchi mas’ullar hamda Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Aziza Bahodirovalar ham ishtirok etdi.

📝 Dastlab deputatlar Toshkent shahrida maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish yuzasidan 2026-yil II chorak davomida amalga oshirilayotgan ishlar hamda 2026-2027 o‘quv yili uchun ko‘rilayotgan tayyorgarliklar to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bakiyev Bahrom Mirg‘aniyevichning hisoboti deputatlar tomonidan ko‘rib chiqib atroflicha muhokama qilindi.

📁 Shuningdek, mazkur yig‘ilishda kun tartibidagi Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 101-son kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatini 14-son ko‘p tarmoqli maktab-internati sifatida qayta tashkil etish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Zufarov Muradjon Mirjalalovich yig‘ilish qatnashchilariga hisobot berdi. Ushbu masala deputatlar tomonidan tinglanib atroflicha muhokama qilindi.

🔎 Mazkur komissiya kun tartibiga kiritilgan Yangihayot tumanida “Kelajak” markazini tashkil etish bo‘yicha huquqiy asoslarni qayta ko‘rib chiqilishi va xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026 yil 25 martdagi VII-20-30-14-0-K/26-sonli qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abdumalikov Abduhakim Abduvaliyevichning hisoboti deputatlar tomonidan eshitildi.

🔍 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi faoliyati haqida yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6