35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TABIATNI MUHOFAZA QILISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
янв.21
EKOLOGIK BARQARORLIK — PARLAMENT E’TIBORIDA
янв.21
DEPUTATLIK TASHRIFI — “UVAYSIY” MAHALLASIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
519-SONLI “NIHOL” DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
«BILLUR» MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI 👇👇👇
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
POSIRA MAHALLASIDA QURUQ DARAXT VA SHOXLARNI BARTARAF ETISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
“TURKISTON” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining asosiy maqsadi nima?
янв.21
“AXILOBOD” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA 👇👇👇
DASHTOBOD KO‘CHASI MUAMMOLARI O‘RGANILDI

 DASHTOBOD KO‘CHASI MUAMMOLARI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi
kotibiyat mudiri R.Nodirov o‘zi saylangan Ittifoq mahallasida Kengash
huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari J.Abdurashidov hamda kotibiyat bosh
mutaxassisi M.To‘xtasinov bilan birgalikda aholi murojaatlari va hududdagi
mavjud muammolarni o‘rgandi.
 

O‘rganish mahallaning Dashtobod ko‘chasida o‘tkazildi, u yerda ko‘chaboshi A.Roziqov
bilan birgalikda ko‘chani aylanib muammolari yuzasidan suhbatlashildi.
 

Ko‘chaboshi asosiy muammo sifatida ko‘chaning asfalt qoplamasi mavjud bo‘lmagan 450 metr
qismiga asfalt yotqizish masalasini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, mazkur
ishlarni amalga oshirish uchun 2025-yil dekabr oylarida tuman hokimligi
huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘
ajratilgan bo‘lsa-da, bugungi kunga qadar ushbu masala o‘z yechimini topmagan.
 

Mazkur masala mas’ullarga yetkazilib, loyihani amalga oshirish bo‘yicha tegishli
choralar ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berildi.
 

Aniqlangan muammo “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etildi hamda uning ijrosi
nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 4