Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ibragimov Yuldashbek tomonidan “Qo‘shchinor” mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofida aholi uchun qulay sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.
🛝Xususan, bolalar maydonchasidagi mavjud jihozlarning holati ko‘zdan kechirilib, ta’mirtalab va shikastlangan qismlarini tiklash ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, uylar atrofidagi eskirgan va foydalanishga noqulay holga kelgan o‘rindiqlar ta’mirlanib, qayta tiklanmoqda.
👨👩👧👦Mazkur ishlar, avvalo, bolalar uchun xavfsiz va qulay o‘yin maydonchalarini yaratish, mahalla aholisi uchun esa dam olish va hordiq chiqarishga munosib sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan.
🔠Deputat tomonidan hududdagi mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, aholi taklif va murojaatlarini inobatga olish hamda ularning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!