Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Sadullayev Qudrat Yusubbayevich tomonidan “Posira” mahallasi hududidagi qurib qolgan va xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan daraxtlar holati o‘rganilib, deputatlik nazoratiga olindi.
👉Ayniqsa, kuz mavsumida kuchli shamollar kuzatilishi mumkinligini inobatga olib, qurib qolgan daraxtlarning aholi va atrofdagi infratuzilmaga xavf tug‘dirmasligi uchun ularni tegishli tartibda ko‘zdan kechirish va zarur choralarni ko‘rish masalasi nazoratga olindi.
🌿Hududdagi yashil maydonlarni asrash bilan bir qatorda, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!