35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TABIATNI MUHOFAZA QILISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
янв.21
EKOLOGIK BARQARORLIK — PARLAMENT E’TIBORIDA
янв.21
DEPUTATLIK TASHRIFI — “UVAYSIY” MAHALLASIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
519-SONLI “NIHOL” DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
«BILLUR» MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI 👇👇👇
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
POSIRA MAHALLASIDA QURUQ DARAXT VA SHOXLARNI BARTARAF ETISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
“TURKISTON” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining asosiy maqsadi nima?
янв.21
“AXILOBOD” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA 👇👇👇
#deputatlar_nazorati #biriktirilgan_qonun

O‘zbekiston Respublikasida yer va ko‘chmas mulk munosabatlarini tartibga solish, fuqarolar hamda tadbirkorlarning mulkiy huquqlarini kafolatlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonlarning joylardagi ijrosi ustidan deputatlik nazoratini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 24-Charog‘on saylov okrugi deputati, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi N.Hasanova hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan deputatga biriktirilgan tashkilot — Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi Marg‘ilon shahar filialida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida filial boshlig‘i A.Ibragimov tomonidan amaldagi qonunchilik ijrosi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan batafsil axborot taqdim etildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi qonuni asosida Marg‘ilon shahrida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda barpo etilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish hamda ularni to‘laqonli iqtisodiy muomalaga kiritish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Mazkur qonuniylashtirish tadbirlari doirasida 2018-yil 1-mayga qadar qurilgan yakka tartibdagi uy-joylar, belgilangan me’yordan ortiq foydalanib kelinayotgan yer uchastkalari, avvalgi aksiyalar doirasida yakuniga yetmagan murojaatlar, 2021-yil 8-iyunga qadar hokim qarori chiqarilgan, biroq tasdiqlanmagan yer maydonlari, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda yer hujjatlari rasmiylashtirilmagan tadbirkorlik obyektlariga nisbatan mulkiy huquqlarni qonuniy e’tirof etish ishlari amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, huquqlarni e’tirof etishda yer uchastkasi boshqa shaxsga ajratilmagan bo‘lishi, chegara nizolari mavjud emasligi, soliq qarzdorligi yo‘qligi, muhofaza zonalariga to‘g‘ri kelmasligi hamda belgilangan bir martalik to‘lov amalga oshirilgan bo‘lishi kabi qonunchilik talablari qat’iy hisobga olinayotgani ta’kidlandi.

Mutaxassislarning fikricha, mazkur islohotlar natijasida fuqarolar va tadbirkorlar o‘z ko‘chmas mulklariga nisbatan qonuniy huquqlarini mustahkamlash, ularni erkin tasarruf etish, sotish, hadya qilish, garovga qo‘yish hamda kelgusida noqonuniy qurilma sifatida buzilish xavfini bartaraf etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

O‘rganish yakunida deputat tomonidan Kadastr sohasida olib borilayotgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda qonunchilik ijrosini ta’minlash masalalari yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilishi qayd etildi.

Slide 1 of 3