35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK TASHRIFI — “UVAYSIY” MAHALLASIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
519-SONLI “NIHOL” DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
«BILLUR» MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI 👇👇👇
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
POSIRA MAHALLASIDA QURUQ DARAXT VA SHOXLARNI BARTARAF ETISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
“TURKISTON” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI
янв.21
“AXILOBOD” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA 👇👇👇
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining asosiy maqsadi nima?
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMIGA TAYYORGARLIK: HUDUDLARDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman deputati B.Bekmurodov tomonidan Yangiqishloq mahalla fuqarolar yig‘inining Baxmal qishlog‘ida aholi tomonidan kelib tushgan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketilmayotganligi yuzasidan murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mavjud holat ko‘zdan kechirilib, fuqarolar bilan suhbat o‘tkazildi hamda chiqindilarni o‘z vaqtida tashib ketish bilan bog‘liq muammolar atroflicha muhokama qilindi.
Murojaatda keltirilgan masalani ijobiy hal etish maqsadida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilash, aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, hududlardagi muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularni bartaraf etishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5