35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TABIATNI MUHOFAZA QILISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
янв.21
EKOLOGIK BARQARORLIK — PARLAMENT E’TIBORIDA
янв.21
DEPUTATLIK TASHRIFI — “UVAYSIY” MAHALLASIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
519-SONLI “NIHOL” DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
«BILLUR» MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI 👇👇👇
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
POSIRA MAHALLASIDA QURUQ DARAXT VA SHOXLARNI BARTARAF ETISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
“TURKISTON” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining asosiy maqsadi nima?
янв.21
“AXILOBOD” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA 👇👇👇
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi bosh mutaxassisi L. Toshquvvatov tomonidan tuman Kengashi deputati S.Abduvaliyevaning tashabbusi bilan tuman markazidagi oziq-ovqat do‘konlarida asosiy iste’mol mahsulotlari narx-navolari hamda aholiga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida un, o‘simlik yog‘i, shakar, guruch, go‘sht, tuxum va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari, mahsulotlar zaxirasi, sifat ko‘rsatkichlari hamda xaridorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, savdo obyektlarida narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiqligi va xizmat ko‘rsatish madaniyatiga ham alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, mas’ul tashkilotlarga ichki iste’mol bozorida narxlar barqarorligini ta’minlash, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash hamda savdo xizmatlari sifatini yana-da oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur masala yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashining deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4