35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TABIATNI MUHOFAZA QILISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
янв.21
EKOLOGIK BARQARORLIK — PARLAMENT E’TIBORIDA
янв.21
DEPUTATLIK TASHRIFI — “UVAYSIY” MAHALLASIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
519-SONLI “NIHOL” DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
«BILLUR» MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI 👇👇👇
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
POSIRA MAHALLASIDA QURUQ DARAXT VA SHOXLARNI BARTARAF ETISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
“TURKISTON” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining asosiy maqsadi nima?
янв.21
“AXILOBOD” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA 👇👇👇
Deputat mahallada mas’ullar faoliyati bilan tanishdi

 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Bo‘ston mahallasida bo‘lib, mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi, ijtimoiy xodim hamda xotin-qizlar faolining amalga oshirayotgan ishlarini o‘rgandi. Tashrif davomida mahallada
aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ularning bandligini ta’minlash hamda manzilli ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.
Deputat mas’ullarning faoliyati samaradorligini oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, har bir xonadonning ijtimoiy holatini chuqur o‘rganish va aniqlangan
muammolarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi.
Shuningdek, mahallada olib borilayotgan islohotlar ijrosi, davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholining turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilinib, belgilangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Mazkur o‘rganishlar mahalla tizimidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi bilan manzilli ishlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 4