35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TABIATNI MUHOFAZA QILISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
янв.21
EKOLOGIK BARQARORLIK — PARLAMENT E’TIBORIDA
янв.21
DEPUTATLIK TASHRIFI — “UVAYSIY” MAHALLASIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
519-SONLI “NIHOL” DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
«BILLUR» MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI 👇👇👇
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
POSIRA MAHALLASIDA QURUQ DARAXT VA SHOXLARNI BARTARAF ETISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
“TURKISTON” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI
янв.21
“AXILOBOD” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA 👇👇👇
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining asosiy maqsadi nima?
Deputatlik so‘rovi orqali "Tabassum" MFY hududidagi Ko‘p qavatli uyl tomiga o‘rnatilgan antennalar muammosi nazoratga olindi

Deputatlik so‘rovi orqali "Tabassum" MFY hududidagi Ko‘p qavatli uyl tomiga o‘rnatilgan antennalar muammosi nazoratga olindi

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Samandar Ismailov tomonidan Olmazor tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limi boshlig‘i F.Xadjayeva nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Deputatlik so‘rovi Olmazor tumani “Tabassum” mahalla fuqarolar yig‘inidan kelib tushgan murojaatlar asosida tayyorlandi. Unda “Tabassum” mahallasidagi 37-sonli ko‘p qavatli uyning Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan ko‘pchilik yashovchilar bilan kelishilgan holda 9 qavatli uyning tom qismiga 4 ta antenna qurilmasi o‘rnatilganligi qayd etilgan.

🔎 Murojaatlarga ko‘ra, ushbu antennalardan tarqalayotgan elektromagnit maydon murojaatchi hamda uyda istiqomat qiluvchi boshqa fuqarolarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan xavotir bildirib, mazkur qurilmalarning o‘rnatilishi qonuniyligiva sanitariya xavfsizligini vakolatli organlar tomonidan o‘rganishni so‘raganligi ta’kidlangan.

📝 Shu munosabat bilan deputat Samandar Isamilov tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalari asosida Olmazor tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limi boshlig‘i F.Xadjayevadan – “Tabassum” mahallasidagi 37-sonli ko‘p qavatli uyning tom qismiga o‘rnatilgan antenna qurilmasining holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish (foto hisobot taqdim etish), sanitariya qoidalari yoki boshqa majburiy talablar buzilgani aniqlangan taqdirda, qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘rish hamda o‘rganish yakunlari bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma, instrumental o‘lchovlar bayonnomasi, sanitariya-epidemiologik xulosa hamda ko‘rilgan
choralar yuzasidan 10 kun muddatda asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

🤝 Mazkur masalani ko‘tarish aholi salomatligini himoya qilish, antenna qurilmalarining qonuniyligi va sanitariya me’yorlariga muvofiqligini tekshirish, shuningdek, fuqarolarning xavfsiz yashash maqsadida deputat Samandar Ismailov tomonidan nazoratga olindi.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 1