Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGI QO‘LLAB-QUVVATLANADI
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI 👇👇👇👇
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI RIXSILIY KO‘CHALARIDA BARPO ETILGAN 24/7 TARTIBDA XIZMAT KO‘RSATUVCHI TURIZM KO‘CHASI RAQAMLARDA …
янв.21
🏗 "BILLUR" MAHALLASI: KENG QAMROVLI BUNYODKORLIK ISHLARI
янв.21
2026-yilning 6 oyi yakunlari: deputat faoliyati raqamlarda
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
“Katta Chilonzor-3” MFY hududida zamonaviy sport-sog‘lomlashtirish markazi barpo etiladi.

“Katta Chilonzor-3” MFY hududida sport-sog‘lomlashtirish markazi qurilishi uchun mablag‘ ajratildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining sessiyasida “Chilonzor tumani mahalliy budjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida”gi qaror tasdiqlandi.

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-dekabr kuni Toshkent shahriga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari, Toshkent shahar hokimining 2026-yil 27-yanvardagi 41-14-0-Q/26-sonli qarori hamda Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 26-yanvardagi “Chilonzor tumanining 2026-yil uchun mo‘ljallangan Biznes rejasi to‘g‘risida”gi III-17-2-14-204-K/26-sonli qarori asosida qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Chilonzor tumani “Katta Chilonzor-3” MFY hududida joylashgan Bolalar va o‘smirlar sport maktabi hududida zamonaviy sport-sog‘lomlashtirish markazini qurish uchun 4 milliard 900 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Mazkur loyiha yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish, sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1