Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGI QO‘LLAB-QUVVATLANADI
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI 👇👇👇👇
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI RIXSILIY KO‘CHALARIDA BARPO ETILGAN 24/7 TARTIBDA XIZMAT KO‘RSATUVCHI TURIZM KO‘CHASI RAQAMLARDA …
янв.21
🏗 "BILLUR" MAHALLASI: KENG QAMROVLI BUNYODKORLIK ISHLARI
янв.21
2026-yilning 6 oyi yakunlari: deputat faoliyati raqamlarda
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi


Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O'zMTDP partiyasidan 5-Paxtaobod saylov okrugidan saylangan deputat Surayyo Axmedova Kengashning ish rejasiga muvofiq tumandagi Beshkapa MFY hokim yordamchisi Mirazim Miryoqubov tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyatni o‘rgandi.

O'rganish davomida quyidagilar aniqlandi:
Beshkapa mahalla fuqarolar yig‘inida 4 800 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 18–30 yoshdagi yoshlar soni 900 nafarni tashkil etadi.

Mahallada yoshlar va ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash maqsadida "Biznesga birinchi qadam" hamda kasb-hunarga o‘qitish dasturlari doirasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va fuqarolarning daromadlarini oshirish maqsadida Agrobank orqali 17,5 foizli imtiyozli kreditlar ajratish imkoniyatlari mavjudligi, fuqarolarga ushbu kreditlardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va ko‘maklar berilayotgani ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandlikni ta’minlash hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3