Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI RIXSILIY KO‘CHALARIDA BARPO ETILGAN 24/7 TARTIBDA XIZMAT KO‘RSATUVCHI TURIZM KO‘CHASI RAQAMLARDA …
янв.21
🏗 "BILLUR" MAHALLASI: KENG QAMROVLI BUNYODKORLIK ISHLARI
янв.21
2026-yilning 6 oyi yakunlari: deputat faoliyati raqamlarda
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
янв.21
17-ADOLAT SAYLOV OKRUGI DEPUTATI 2-CHORAK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERDI
янв.21
KULOLQO’RG’ON MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI BILAN TANISHDI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
YONG‘IN XAVFSIZLIGI — USTUVOR VAZIFA: YUNUSOBOD TUMANIDAGI BOZORLARDA O‘RGANISH ISHLARI O‘TKAZILDI
янв.21
“BIR NURONIY — O‘N YOSHGA MAS’UL”: TUMAN BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI
Deputat mahalladagi mavjud holat bilan tanishdi

Deputat mahalladagi mavjud holat bilan tanishdi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 18-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati A.Abdullayev navbatdagi ish rejasiga muvofiq Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida deputat mahalla hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan mahalla faollari va aholi vakillari bilan muloqot o‘tkazdi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy yechim topish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Bunday uchrashuvlar deputatlik nazoratini kuchaytirish, mahallalardagi mavjud muammolarni joyida o‘rganish va aholining manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 7