Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI RIXSILIY KO‘CHALARIDA BARPO ETILGAN 24/7 TARTIBDA XIZMAT KO‘RSATUVCHI TURIZM KO‘CHASI RAQAMLARDA …
янв.21
🏗 "BILLUR" MAHALLASI: KENG QAMROVLI BUNYODKORLIK ISHLARI
янв.21
2026-yilning 6 oyi yakunlari: deputat faoliyati raqamlarda
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
янв.21
17-ADOLAT SAYLOV OKRUGI DEPUTATI 2-CHORAK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERDI
янв.21
KULOLQO’RG’ON MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI BILAN TANISHDI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
YONG‘IN XAVFSIZLIGI — USTUVOR VAZIFA: YUNUSOBOD TUMANIDAGI BOZORLARDA O‘RGANISH ISHLARI O‘TKAZILDI
янв.21
“BIR NURONIY — O‘N YOSHGA MAS’UL”: TUMAN BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 14-Surxon saylov okrugidan saylangan deputati J. Taxchiyeva tomonidan Termiz mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqot davomida "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonunning mazmun-mohiyati, uning amaliy ahamiyati, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan kafolatlar hamda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, fuqarolarning mazkur qonunning amaliyotdagi ijrosi, mavjud muammolar va takliflar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi. Uchrashuv yakunida xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda bu boradagi targ‘ibot ishlarini izchil davom ettirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 3