Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyat mudirining kunlik ish rejasi ijrosi yuzasidan tuman Kengashi deputati D.Rabbimov tomonidan Qumoq mahallasi vakillari faoliyati o‘rganildi va tahlil qilindi.

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala

Mahalla faoliyati tahlil qilindi

⌛Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyat mudirining kunlik ish rejasi ijrosi yuzasidan tuman Kengashi deputati D.Rabbimov tomonidan Qumoq mahallasi vakillari faoliyati o‘rganildi va tahlil qilindi.

⌛O‘rganish jarayonida mahalla vakillarining aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligi, fuqarolarning muammo va takliflarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish holati, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar atroflicha tahlil etildi.

⌛Shuningdek, mahallada mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilinib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

⌛Deputat tomonidan mahalla vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, aholi farovonligini oshirish, hudud infratuzilmasini yaxshilash va fuqarolar murojaatlariga tezkor yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⌛Fuqarolar manfaatlarini ta’minlash, mahallalardagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram