Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

AKBAROBOD MAHALLASIDA MAVJUD MUAMMOLAR O‘RGANILDI

O‘rganish davomida hududdagi ijtimoiy, kommunal, obodonlashtirish, yo‘l infratuzilmasi, yoshlar, xotin-qizlar hamda aholi murojaatlari bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur jarayon deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida amalga oshirilib, aholining kundalik hayotiga ta’sir etayotgan muammolarni joyida aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ushbu ishlar “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni qonuniy tartibda ko‘rib chiqish, zarur hollarda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish hamda masalalar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

✅ Akbarobod mahallasida aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni manzilli hal etish va aholiga qulay sharoit yaratish bo‘yicha deputatlik faoliyati davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 5