Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Teshayev

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_mudiri

☯️Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Teshayev tomonidan tumandagi 62-sonli umumta’lim maktabida bitiruvchilar uchun tashkil etilgan tantanali tadbirda ishtirok etildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchilarga yo‘llagan bayram tabrigi o‘quvchilarga yetkazildi.

☯️Tadbir davomida mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunar egasi bo‘lib voyaga yetishlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida alohida ta’kidlandi. Shuningdek, bitiruvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi faolligi, erishgan yutuqlari va kelajakdagi ezgu maqsadlari e’tirof etildi.

☯️Tadbir yakunida ta’lim, sport va jamoat ishlarida faol ishtirok etib, o‘zining bilim va salohiyati bilan tengdoshlari orasida namuna bo‘layotgan bir guruh bitiruvchilar tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

☯️Bitiruvchilarga kelgusidagi o‘qish va mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilanib, ular yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida munosib hissa qo‘shadigan yetuk kadrlar bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirildi.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram