Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida

                  Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati Z.G‘ofurova hududdagi «Teshiktosh» oilaviy shifokorlik punktida (OShP) bo‘ldi. O‘rganish davomida deputat mazkur tibbiyot maskanida aholiga o‘z vaqtida, sifatli va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish holati, shifokorlar va hamshiralar uchun yaratilgan sharoitlar hamda dori-darmon ta’minoti bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, muassasaga tashrif buyurgan bemorlar bilan suhbatlashib, ularning tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha fikr va mulohazalari tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va xizmat ko‘rsatish
samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmat madaniyatini yuksaltirish borasidagi deputatlik nazorati davom etmoqda.  

Slide 1 of 4