Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI RIXSILIY KO‘CHALARIDA BARPO ETILGAN 24/7 TARTIBDA XIZMAT KO‘RSATUVCHI TURIZM KO‘CHASI RAQAMLARDA …
янв.21
🏗 "BILLUR" MAHALLASI: KENG QAMROVLI BUNYODKORLIK ISHLARI
янв.21
2026-yilning 6 oyi yakunlari: deputat faoliyati raqamlarda
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
янв.21
17-ADOLAT SAYLOV OKRUGI DEPUTATI 2-CHORAK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERDI
янв.21
KULOLQO’RG’ON MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI BILAN TANISHDI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
YONG‘IN XAVFSIZLIGI — USTUVOR VAZIFA: YUNUSOBOD TUMANIDAGI BOZORLARDA O‘RGANISH ISHLARI O‘TKAZILDI
янв.21
“BIR NURONIY — O‘N YOSHGA MAS’UL”: TUMAN BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda komissiya raisi E.Yunusov, komissiya a’zolari, kotibiyat mudiri A.Ermatov, ekspert-maslahat guruhi a’zolari, Marg‘ilon shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi asosiy masala sifatida "Open Budget" ("Ochiq budjet") 2026-yil 1-mavsumi ijrosi yuzasidan mas’ul mutasaddilarning hisoboti tinglandi va amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Hisobotda qayd etilishicha, 2026-yil 1-mavsumi doirasida 17 mlrd 489,8 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Shundan 10 mlrd 820,2 mln so‘mi shahar budjeti xarajatlarining 2,5 foizi, 978,5 mln so‘mi mahalliy budjetning erkin qoldiq mablag‘lari hamda 5 mlrd 691,1 mln so‘mi avvalgi mavsumlardan iqtisod qilingan mablag‘lar hisobiga shakllantirilgan.

Shuningdek, jamoatchilik tomonidan ilgari surilgan 79 ta taklifdan 63 tasi ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgan bo‘lib, ovoz berish yakunlariga ko‘ra 19 ta loyiha g‘olib deb topilgani ma’lum qilindi. G‘olib loyihalarning 10 tasi qurilish-ta’mirlash, 9 tasi xarid qilish yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi.
Muhokamalar davomida g‘olib loyihalarning amalga oshirilish holati ham ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, qurilish-ta’mirlash yo‘nalishidagi 10 ta loyiha bo‘yicha loyiha hujjatlari tayyorlanmoqda. Xarid qilish yo‘nalishidagi loyihalarning 9 tasi bo‘yicha shartnomalar tuzilgan, ayrim tovarlar bo‘yicha xarid jarayonlari davom etmoqda hamda 1 ta loyiha yakunlangan.

Yig‘ilishda deputatlar tomonidan loyihalarni sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan qat’iy nazoratni kuchaytirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 8