Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI RIXSILIY KO‘CHALARIDA BARPO ETILGAN 24/7 TARTIBDA XIZMAT KO‘RSATUVCHI TURIZM KO‘CHASI RAQAMLARDA …
янв.21
🏗 "BILLUR" MAHALLASI: KENG QAMROVLI BUNYODKORLIK ISHLARI
янв.21
2026-yilning 6 oyi yakunlari: deputat faoliyati raqamlarda
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
янв.21
17-ADOLAT SAYLOV OKRUGI DEPUTATI 2-CHORAK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERDI
янв.21
KULOLQO’RG’ON MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI BILAN TANISHDI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
YONG‘IN XAVFSIZLIGI — USTUVOR VAZIFA: YUNUSOBOD TUMANIDAGI BOZORLARDA O‘RGANISH ISHLARI O‘TKAZILDI
янв.21
“BIR NURONIY — O‘N YOSHGA MAS’UL”: TUMAN BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI
Deputat mahalladagi muammolarni doimiy komissiya muhokamasiga olib chiqdi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Deputat mahalladagi muammolarni doimiy komissiya muhokamasiga olib chiqdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Mirzag‘olib Tillashayxov tomonidan Yashnobod tumanidagi "Jo‘rabek" mahallasida fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi. Unda aholi tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy va kommunal masalalar atroflicha o‘rganildi.

📝 Xususan, Ohangrabo ko‘chasi 5-uy, 45-xonadonda istiqomat qilayotgan, tarkibida 3 nafar nogironligi bo‘lgan oilaning qish mavsumida isitish tizimidagi muammolari hamda oilani ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalasi deputat tomonidan nazoratga olindi.

🔎 Mazkur murojaatlar yuzasidan deputat masalalarni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyasi muhokamasiga taqdim etdi. Komissiya yig‘ilishida Toshkent shahar Ijtimoiy himoya milliy agentligi boshqarmasi boshlig‘i B. Mirzayevning ushbu murojaatlar yuzasidan axborotini eshitish hamda mutasaddilarga aniq vazifalar belgilash tashabbusi ilgari surildi.

🌳 Shuningdek, Ohangrabo ko‘chasidagi ko‘p qavatli turar joylar atrofida uzoq yillardan buyon daraxtlarni butalash ishlari amalga oshirilmayotgani bilan bog‘liq muammolar ham deputat tomonidan doimiy komissiya muhokamasiga kiritildi. Ushbu masala yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi rahbari A. Rasulovning axborotini eshitish hamda muammoning yechimini deputatlik nazoratiga olish taklif etildi.

🤝 Uchrashuv yakunida fuqarolar murojaatlarini tegishli doimiy komissiyalar orqali tizimli ko‘rib chiqish, mutasaddi tashkilotlar hisobotlarini eshitish va muammolarga amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6