Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari N.Turdiyev va G.Islamova, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Shakarboyev hamda tuman irrigatsiya bo'limi boshlig'i O'.Isayev tomonidan Ahillik MFY yettiligi bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar, fuqarolar tomonidan takroran bildirilayotgan murojaatlar hamda ularning yechimiga doir masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, murojaatlarni o'z vaqtida va samarali hal etish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3