Jumladan, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sarvar Irgashev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi bilan birgalikda “Yangibog” mahallasida mahalla raisi bilan suxbat o’tqazildi.
📝 Suxbat davomida yoshlar bandligi, ijtimoiy xizmatlar sifati, kommunal infratuzilma, yo‘llar holati, hudud obodonchiligi, jamoat transporti, tibbiy xizmatlar hamda aholi turmush darajasiga bevosita ta’sir qiluvchi boshqa dolzarb yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.
🔎 Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, hududdagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tinglandi. Har bir masala yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olinib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
Bizni kuzatishda davom eting