35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TABIATNI MUHOFAZA QILISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
янв.21
EKOLOGIK BARQARORLIK — PARLAMENT E’TIBORIDA
янв.21
DEPUTATLIK TASHRIFI — “UVAYSIY” MAHALLASIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
519-SONLI “NIHOL” DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
«BILLUR» MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI 👇👇👇
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
POSIRA MAHALLASIDA QURUQ DARAXT VA SHOXLARNI BARTARAF ETISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
“TURKISTON” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining asosiy maqsadi nima?
янв.21
“AXILOBOD” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA 👇👇👇
Deputat fuqarolar murojaatlarini qabul qildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M.Pardayev tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida aholi tomonidan uy-joy, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlik, kommunal xizmatlar hamda kundalik hayotda uchrayotgan boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

Har bir murojaat deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularni qonuniy va adolatli hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar nazoratga olindi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini eshitish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu kabi qabullar aholining muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1