35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TABIATNI MUHOFAZA QILISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
янв.21
EKOLOGIK BARQARORLIK — PARLAMENT E’TIBORIDA
янв.21
DEPUTATLIK TASHRIFI — “UVAYSIY” MAHALLASIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
519-SONLI “NIHOL” DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
«BILLUR» MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI 👇👇👇
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
POSIRA MAHALLASIDA QURUQ DARAXT VA SHOXLARNI BARTARAF ETISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
“TURKISTON” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining asosiy maqsadi nima?
янв.21
“AXILOBOD” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA 👇👇👇
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudirining 10-iyun ish rejasi ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati B. Bo‘tayev tomonidan Yurtdosh mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy sohadagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Deputat B. Bo‘tayev saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarni tinglab, ularning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi. Shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusida rejalashtirilgan ishlar haqida batafsil axborot berildi.
Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda aholi o‘z fikr-mulohazalarini erkin bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Barcha murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Uchrashuv yakunida fuqarolarning davlat va jamiyat hayotidagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, xalq bilan doimiy muloqotni ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilish deputatlik deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 3