35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TABIATNI MUHOFAZA QILISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
янв.21
EKOLOGIK BARQARORLIK — PARLAMENT E’TIBORIDA
янв.21
DEPUTATLIK TASHRIFI — “UVAYSIY” MAHALLASIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
519-SONLI “NIHOL” DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
«BILLUR» MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI 👇👇👇
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
POSIRA MAHALLASIDA QURUQ DARAXT VA SHOXLARNI BARTARAF ETISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
“TURKISTON” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining asosiy maqsadi nima?
янв.21
“AXILOBOD” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA 👇👇👇
🏫 Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi

📍 O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–537-son) ijrosi doirasida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi O‘zLiDeP deputati M.Yaxshimuratova hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimi U.Ruzmetov bilan birgalikda “Ozodov Diyorbek” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
👶 Mazkur nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 50 nafar tarbiyalanuvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda unda 25 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya olmoqda.
🔎 O‘rganish davomida ta’lim-tarbiya jarayoni, yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza, sanitariya-gigiyena talablari hamda tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz va qulay muhitni ta’minlash holati ko‘zdan kechirildi.
🤝 Shuningdek, muassasa rahbari bilan mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, tarbiyalanuvchilar sonini bosqichma-bosqich oshirish hamda ta’lim sifati va xizmatlar ko‘lamini yanada yaxshilash yuzasidan fikr almashildi.
✅ Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rganish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5