Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MINOR MAHALLASIDA YO‘L TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
INKLYUZIV TA’LIM SINFLARI UCHUN KORREKSION XONALARNI JIHOZLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BILLUR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
NURMAKON MAHALLASIDAGI 260-SONLI MAKTABDA TA’MIRLASH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI 👇👇👇👇
янв.21
BILLUR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD MAHALLASIDA KUTUBXONA TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
98-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
BOG‘ISHAMOL MAHALLASIDAGI 240-SONLI MAKTABDA MUAMMO BARTARAF ETILDI
янв.21
SOBIROBOD MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
“Bodomzor” mahallasida saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi va aholi muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 3-Ko‘chkak saylov okrugidan saylangan deputati Turdiqulov Komiljon tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Bodomzor” mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, hudud infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan taklif va murojaatlar tinglandi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan har bir murojaat deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddilar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Shuningdek, uchrashuvda ko‘tarilgan ayrim masalalar deputat tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganilib, mavjud muammolarning holati bilan bevosita tanishildi.

Uchrashuv yakunida mahalla fuqarolariga 1998-yil 30-apreldagi 598-I-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi”ning mazmun-mohiyati, unda belgilangan yer munosabatlariga oid huquq va majburiyatlar, yerdan oqilona foydalanish hamda yer uchastkalarini ajratish tartiblari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Bunday uchrashuvlarning doimiy tarzda o‘tkazilib borilishi aholi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishda deputatlik nazoratining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2