Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MINOR MAHALLASIDA YO‘L TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
INKLYUZIV TA’LIM SINFLARI UCHUN KORREKSION XONALARNI JIHOZLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BILLUR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
NURMAKON MAHALLASIDAGI 260-SONLI MAKTABDA TA’MIRLASH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI 👇👇👇👇
янв.21
BILLUR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD MAHALLASIDA KUTUBXONA TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
98-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
BOG‘ISHAMOL MAHALLASIDAGI 240-SONLI MAKTABDA MUAMMO BARTARAF ETILDI
янв.21
SOBIROBOD MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Husainov Alisher Abduvahobovich Husainov 17-Bek to‘pi saylov okrugi fuqarolari bilan navbatdagi ochiq muloqotni o‘tkazdi.

Tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida deputat tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari asosida hal etilgan masalalar, hududni obodonlashtirish, aholi farovonligini oshirish hamda saylovchilar manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Ochiq muloqot jarayonida yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga sadoqat, qonunga hurmat, yuksak ma’naviyat, fuqarolik mas’uliyati va daxldorlik hissini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlar ma’naviy tarbiyasida nuroniylar va keksalarning o‘rni beqiyos ekani alohida ta’kidlandi. Qayd etilganidek, ularning boy hayotiy tajribasi, dono nasihatlari, ibratli hayot yo‘li hamda milliy qadriyatlarga sodiqligi yosh avlodni barkamol inson etib voyaga yetkazishda muhim omil hisoblanadi. Shu bois mahallalarda keksalar va yoshlar o‘rtasidagi uchrashuvlarni muntazam tashkil etish, avlodlar davomiyligini ta’minlash hamda milliy qadriyatlarni yoshlar ongiga chuqur singdirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yanada kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarni giyohvandlik, psixotrop moddalar va boshqa zararli illatlardan asrash bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi. Qayd etilganidek, farzandlarimizni giyohvandlik illatidan himoya qilish – nafaqat davlat organlari, balki oila, mahalla, ta’lim muassasalari, nuroniylar va keng jamoatchilikning umumiy mas’uliyatidir.

Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, yoshlarni turli yot g‘oyalar va zararli illatlar ta’siridan asrash borasida davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ta’lim muassasalari hamda jamoatchilikning o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 3