Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 9- “Sa’diy” saylov okrugi deputati M.Jalolov tomonidan Yoshlar kuni munosabati bilan o‘z saylov okrugida joylashgan Andijon turizm va madaniy meros texnikumida o‘quvchi yoshlar bilan “Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaymiz!” mavzusida ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni zamonaviy kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish, sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ayniqsa iqtidorli va tashabbuskor yoshlarning g‘oya, loyiha hamda startaplarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Shu bilan birga, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish, o‘z daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida deputat M.Jalolov tomonidan davlatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan, ta’lim, bandlik, kredit va grantlar ajratish, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Yoshlar bilan ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglanib, dolzarb masalalar yuzasidan aniq fikrlar bildirildi.

Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlar deputat tomonidan qabul qilinib, ularni o‘rganish hamda amaliy yechim topish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishi ta’kidlandi. Ayrim muammolarni joyida hal etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish yo‘nalishidagi ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda, ochiq muloqot va o‘zaro ishonch asosida tashkil etilib, ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi.

Slide 1 of 3