Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Deputat so‘rovi: yoshlar tarbiyasi va xavfsizligi doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Fayzulloh Dadajonov tomonidan 17-Shimoliy saylov okrugida joylashgan 4-son umumta’lim maktabida olib borilgan o‘rganishlar natijasida qator muhim masalalar aniqlanib, tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.

O‘rganish jarayonida ayrim o‘quvchilarning xulq-atvori, darslarga qatnashish holati hamda umumiy muhit qoniqarli emasligi, ayrim hollarda esa zararli odatlarga moyillik ehtimoli mavjudligi qayd etildi. Shuningdek, profilaktik ishlar va mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik yetarli darajada tashkil etilmagani ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan Andijon shahar ichki ishlar organlariga quyidagi masalalar yuzasidan aniq ma’lumot va choralar so‘raldi:

- hududda olib borilayotgan profilaktik ishlar samaradorligi;
- voyaga yetmaganlar o‘rtasida
- huquqbuzarlik va salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar;
- profilaktika inspektorlarining faoliyati va aniqlangan muammolar yechimi;
- ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi ishlar;
- kelgusida amalga oshiriladigan aniq reja va choralar.

Mazkur so‘rov yoshlar tarbiyasi, ularning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishini ta’minlash, shuningdek hududda ijtimoiy muhitni yaxshilashga qaratilgan muhim qadamlardan biridir.

Deputat tomonidan ushbu masala qat’iy nazoratga olingan bo‘lib, tegishli tashkilotlardan qonunchilikda belgilangan muddatlarda asoslantirilgan javob kutilmoqda.

Slide 1 of 2