Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Mahalla uyushmasining 2026 yil 1-chorak hisoboti deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati U.G'ofurov tomonidan mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy holat hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yuborilgan deputat so‘roviga asosan O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Andijon shahar bo‘limidan 2026 yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha batafsil hisobot taqdim etildi.

Mazkur hisobotda joriy yilning yanvar–mart oylari davomida mahallalar kesimida jamg‘arma mablag‘larining shakllanishi, ularning yo‘naltirilishi hamda sarflanishi, shuningdek, mavjud qoldiq mablag‘lar to‘g‘risida aniq raqamlar asosida ma’lumotlar keltirilgan.

Xususan:

Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash,
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash,
Ichimlik suvi va kommunal tarmoqlarni ta’mirlash,
Moddiy-texnik bazani mustahkamlash kabi yo‘nalishlarga ajratilgan mablag‘lar hamda ularning sarfi ko‘rsatib o‘tilgan.

Hisobotda qayd etilgan mablag‘larning maqsadli va samarali ishlatilganligini aniqlash maqsadida barcha yo‘nalishlar kesimida joyiga chiqib o‘rganish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Ushbu jarayonda ajratilgan mablag‘lar hisobidan bajarilgan ishlarning haqiqiy holati, sifati va manzilliligi atroflicha tahlil qilinadi.

O‘rganish natijalari asosida tegishli xulosalar shakllantirilib, aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga taklif va tavsiyalar beriladi. Shuningdek, mazkur masala Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilib, keng jamoatchilik muhokamasiga havola etiladi.

Jarayon deputatlik nazorati asosida tizimli ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 2