Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
FUQARONING FARZANDINI DAVOLATISH MASALASIDAGI MUROJAATI KO‘RIB CHIQILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi raisi Z.Suyarova tomonidan fuqarolar qabuli davomida farzandini davolatish masalasida murojaat qilgan fuqaroning murojaati tinglandi.

⚡️Qabul jarayonida fuqaro tomonidan farzandining salomatligi bilan bog‘liq muammolar, zarur tibbiy ko‘rik va davolanish jarayonlarini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaat bildirildi.

⚡️Murojaat mazmuni atroflicha o‘rganilib, amaldagi qonunchilik va belgilangan tartiblar asosida fuqaroga tegishli huquqiy hamda amaliy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, masalani ijobiy hal etish maqsadida tegishli sog‘liqni saqlash muassasalari va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🔷Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi raisi Z.Suyarova tomonidan fuqarolarning, ayniqsa, bolalar salomatligi bilan bog‘liq murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularga amaliy ko‘mak berish hamda tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish ustuvor vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

⚡️ Shuningdek, murojaat ijrosini nazoratga olish hamda fuqaroning farzandini davolatish masalasida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

⚡️Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholini qiynayotgan muammolarga o‘z vaqtida yechim topish va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3