Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

DEPUTATLIK NAZORATI

👤 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 4-Uch yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova tomonidan “Qorabog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-son qarori ijrosi hamda Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarini kompleks rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan deputatlik nazorati o‘tkazildi.

🔍 Nazorat tadbiri davomida loyiha asosida moliyalashtirilayotgan 35-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

💰 Ma’lum qilinishicha, mazkur ta’lim muassasasini zamonaviy talablarga mos ravishda rekonstruksiya qilish va infratuzilmasini yaxshilash maqsadida loyiha doirasida 3 milliard 900 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Ushbu mablag‘lar hisobidan maktab binosini mukammal ta’mirlash, 50 o‘rinli zamonaviy oshxona hamda sport zalini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

🏗 O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi va ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi atroflicha tahlil qilindi.

✅ Deputat tomonidan qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda loyihaning samarali amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🤝 Deputatlik nazorati fuqarolar manfaatlarini ta’minlash, hududlarda amalga oshirilayotgan investitsion va ijtimoiy loyihalar ijrosining ochiqligi hamda samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5