Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
O‘RTABOZ MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati T.Rahimov tumandagi O‘rtaboz mahallasida mahalla raisi bilan hamkorlikda hududdagi mavjud muammolar va aholini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.

✍️Uchrashuv davomida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, infratuzilmani rivojlantirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla hududida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, aholi murojaatlarining ijrosi, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ijtimoiy soha obyektlarining faoliyati yuzasidan fikr almashildi.

🔂Mahalla raisi tomonidan hududdagi mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ayrim masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, mavjud kamchiliklarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

🔂Deputat T.Rahimov tomonidan fuqarolarning murojaatlari va takliflarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mahallada aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hududni yanada obod va farovon maskanga aylantirish borasidagi ishlarni jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.

✏️Uchrashuv yakunida mahallada mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olinib, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish, aholi bilan ochiq muloqotlarni muntazam tashkil etish hamda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha kelishib olindi.

✅Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan joylarda aholi muammolarini o‘rganish, fuqarolar murojaatlariga yechim topish hamda hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan o‘rganish ishlari muntazam ravishda davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2