Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
🔹14-Nurafshon saylov okrugidagi uchrashuvda ko‘tarilgan masala yuzasidan shu kunning oʻzida o‘rganish ishlari davom ettirildi.

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoniga muvofiq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 27-sentabrdagi VII-14-82-11-168-K/25-sonli qarori asosida Nadirmat mfy hududidagi mavjud muammoni bartaraf etish maqsadida yangi transformator ajratilgan. Biroq, transformator ajratilganiga qaramasdan, oradan 9 oy vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, uni o‘rnatish ishlari yakunlanmaganligi yuzasidan fuqarolar tomonidan asosli e’tiroz bildirildi.

🔹Mazkur murojaat yuzasidan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati S.Jurayeva joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib bordi. O‘rganish davomida hududdagi elektr ta’minoti holati, aholi tomonidan bildirilayotgan muammolar hamda transformatorni o‘rnatish jarayonining kechikish sabablari muhokama qilindi.

🔹O‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur masala deputat nazoratiga olindi. Muammoning tezkor va qonuniy yechimini ta’minlash, transformatorni o‘rnatish ishlari nega cho‘zilib ketganiga aniqlik kiritish hamda tegishli choralarni ko‘rish maqsadida shahar hokimining tegishli o‘rinbosariga deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 4