Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-sentabrdagi PF-163-son Farmoni bilan mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi vazifalar belgilandi. Farmon yoshlarning muammolarini manzilli hal etish, ularning bandligini taʼminlash, kasb-hunarga yoʻnaltirish hamda maʼnaviy-maʼrifiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishni nazarda tutadi.

Farmonga ko‘ra, yoshlar yetakchilari faoliyatining samaradorligini oshirish, yoshlarning kasbiy qiziqishlarini aniqlash, ularni tadbirkorlik va bandlikka yo‘naltirish, shuningdek, yoshlar bilan ishlash jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Mazkur hujjat yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga rag‘batlantirishga xizmat qiladi.