Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Fuqarolar murojaatlari deputatlik nazoratiga olindi

Fuqarolar murojaatlari deputatlik nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U. Bobojonov, 1-Malikobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati G‘. Safarov hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida O‘zbekiston va Furqat mahallalari fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan taklif va murojaatlar bildirildi. Xususan, mahallalar hududida havoga taralayotgan noxush hidlar aholini jiddiy tashvishga solayotgani, bu holat turmush sifati va ekologik muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi.

Mazkur masala yuzasidan fuqarolardan ko‘plab murojaatlar kelib tushdi. Uchrashuv yakunida noxush hidlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda ularning oldini olish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish maqsadida deputatlik so‘rovlari tayyorlanib, tegishli tashkilotlarga yuborilishi belgilandi.

Bildirilgan murojaatlarning ijrosi deputatlik nazoratiga olinib, masalaning ijobiy yechim topishi yuzasidan tegishli ishlar olib boriladi.

Slide 1 of 7