Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
1-sonli shifoxonada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov, deputat X.Abdullayev hamda mas’ullar ishtirokida Qo‘qon shahar 1-sonli shifoxonasida bo‘lib, muassasada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish davomida shifoxonadagi davolash bo‘limlari, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy jihozlardan foydalanish holati hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda bemorlar uchun qulayliklarni yanada oshirish, davolanish jarayonlarini samarali tashkil etish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, shifoxonada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, palatalarda yaratilgan sharoitlarni takomillashtirish hamda bemorlarning murojaat va takliflarini inobatga olgan holda tizimli ishlarni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tibbiyot muassasasida yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, bemorlar uchun qulay va zamonaviy muhit yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4