Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
DOLZARB 90 KUNLIK: MAKTAB O‘QUVCHILARI UCHUN IMKONIYATLAR FASLI

Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘quvchi-yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularni madaniy, ma’rifiy hamda sport tadbirlariga keng jalb etish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur dastur yozgi ta’tilni nafaqat dam olish, balki yoshlar uchun o‘sish, bilim va ko‘nikmalarni oshirish, iste’dodlarini namoyon etish hamda yangi imkoniyatlarni kashf etish davri sifatida tashkil etishga xizmat qilmoqda. Ushbu tashabbus kelajak avlodning sog‘lom, bilimli va faol bo‘lib voyaga yetishi uchun muhim zamin yaratadi.

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 7-Qo‘rg‘oncha saylov okrugidan saylangan deputat Norqobilov Shuxrat tomonidan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Shoymardanov hamkorligida loyiha doirasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Jumladan, deputat 56-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, yozgi ta’til davrida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar davomida maktabda faoliyat yuritayotgan sport to‘garaklarida qatnashayotgan o‘quvchilar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida qiziqarli va quvnoq sport musobaqasi tashkil etildi.

Tadbir yakunida musobaqa g‘oliblari deputat tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bunday tadbirlar yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda muhim o‘rin tutadi.

Slide 1 of 8