Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Aholining murojaatlari bilan ishlash holati va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat T.Mirsidiqov tumanning “Chinor” mahallasida mahalla xodimlari tomonidan aholining murojaatlari bilan ishlash holati hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi.

O‘rganish davomida mahalla xodimlari tomonidan aholi murojaatlarini qabul qilish, ularni ko‘rib chiqish va ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ro‘yxatga olish, ularni qonuniy muddatlarda ko‘rib chiqish hamda muammolarning ijobiy hal etilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan murojaatlar bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya qilinishi, aholi bilan doimiy muloqot o‘rnatish hamda har bir murojaatning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda aniq choralar ko‘rilishi zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, mahallada huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ijtimoiy muhiti og‘ir oilalar bilan manzilli ishlash, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.

Slide 1 of 2