Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan
o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 16-«Bodomtepa» saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna o‘zi saylangan okrugdagi «Bodomtepa» mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.Deputat mahalla xotin-qizlar faoli faoliyatining samaradorligiga alohida e’tibor qaratib, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish va daromadli mehnat bilan band qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.Suhbat davomida mahalla xotin-qizlar faoli R. Dovulova tomonidan 2026-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.Xususan, xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida 12 nafar xotin-qiz doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilgan. Tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan 3 nafar xotin-qizga imtiyozli kreditlar ajratilishiga ko‘maklashilgan.Shuningdek, kasb-hunarga qiziqish bildirgan 7 nafar xotin-qiz o‘quv kurslariga jalb etilib, ularga sertifikatlar topshirilgan hamda o‘zini o‘zi band qilishi uchun amaliy yordam ko‘rsatilgan.Deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.Uchrashuv yakunida MFY “yettiligi” bilan hamkorlikda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
  

Slide 1 of 3