Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
DEPUTATLIK NAZORATINI AMALGA OSHIRISHDA MUHIM HUQUQIY ASOS

DEPUTATLIK NAZORATINI AMALGA OSHIRISHDA MUHIM HUQUQIY ASOS

✅ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-54-V-son qarori bilan Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida hududiy davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitishning Namunaviy tartibi tasdiqlangan.

✅Mazkur tartib mahalliy Kengashlarning nazorat vakolatlarini samarali amalga oshirish, hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining deputatlar oldidagi hisobdorligini oshirish hamda qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlashga qaratilgan.

✅ Namunaviy tartibga muvofiq, Kengash sessiyalarida hududiy davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hisobotlari belgilangan tartibda eshitiladi, deputatlar tomonidan hisobotlar yuzasidan savollar, taklif va tavsiyalar bildiriladi hamda muhokama yakunlari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinadi.

✅ Shuningdek, hisobotlarni eshitish jarayonida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar yechimi, davlat dasturlari va hududiy dasturlar ijrosi, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar holati atroflicha tahlil qilinadi.

✅ Mazkur hujjat mahalliy Kengashlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, deputatlik nazorati samaradorligini oshirish hamda davlat organlari faoliyatining natijadorligini kuchaytirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.