Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Deputat mahalla faoliyati bilan tanishdi

 Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati B.Avliyoqulov Mingbuloq mahallasida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati, aholi muammolarini hal etish borasida olib borilayotgan ishlar hamda ijtimoiy xizmatlar samaradorligi bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida deputat mahalla raisi va mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim bilan uchrashib, hududda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash, bandlikni ta’minlash, xotin-qizlar va yoshlar muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot oldi. Mahalla raisi tomonidan hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, obodonlashtirish ishlari hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi. Shuningdek, mahallada fuqarolar yig‘inlari,
profilaktik tadbirlar va aholi bilan ochiq muloqotlar muntazam tashkil etilayotgani ta’kidlandi. Ijtimoiy xodim tomonidan esa ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish, davlat tomonidan ajratiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni manzilli yetkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Xususan, kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Deputat mahalla hududida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishar ekan, aholining turmush darajasini yaxshilash, murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shu bilan birga, mahallada mavjud ayrim muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Slide 1 of 6